Kompaniya asoschisi

Assalomu alaykum,

UNIT(UnitedNet International Trade) ning sahifasiga tashrifingiz uchun rahmat va xush kelibsiz.

Avvalambor shuni ta’kidlab o’tishim joizki vatanim O’zbekiston va barcha Markaziy Osiyo davlatlarida katta potensial darajada kuch borki, nafaqat O’rta Osiyo balki, butun dunyo tadbirkorlari bilan bir qatorda o’z mahsulotlarini dunyo miqyosiga olib chiqish va rivojlangan davlatlar qatorida yangi g’oya va texnologiyalarni ilgari surish kabi yuksak marralarni qo’lga kirita olishiga hech shak-shubxa yo’q. Bu borada esa biz ham o’z hissamizni qo’shish va bizning tadbirkorlarimizni qo’llab-quvvatlash uchun ularni zamonaviy yangiliklardan xabardor etgan holda zamonaviy uskuna va xom-ashyolarni o’z vaqtida ta’minlab turish kabi vazifalarni belgilab oldik. Zero, tadbirkorlarning rivojlanishi davlat va xalqning farovon turmush tarzini ham ta’minlaydi.

UNIT -bu birlashgan kompaniyadir. Ya’ni biz Janubiy Koreyadagi eng ilg’or ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan birlashgan holda faoliyat yuritamiz. Siz o’zingiz kabi o’sish va rivojlanish, yangiliklarga intilish va o’z ustida ishlab katta muvaffaqiyatga erishuvchi insonlar va ularning faoliyati natijasi bo’lgan mahsulotlar bilan tanishasiz va biz esa siz bilan birlashamiz.

UNIT (UnitedNet International Trade) siz va sizning biznesingiz o’sishi uchun maksimal darajada o’z imkoniyatlarini ishga solishda davom etadi.

E’tiboringiz uchun tashakkur.

Shokhsanam Karimova,

UNIT (UnitedNet International Trade) asoschisi