Kompaniya haqida

UNIT(UnitedNet International Trade) ga xush kelibsiz.

UNIT(UnitedNet International Trade) bu xalqaro savdo-sotiq kompaniyasi bo’lib, 2019-yil Janubiy Koreyada tashkil topgan. Ushbu kompaniya Janubiy Koreya davlatida ishlab chiqarilgan turli xildagi eng yuqori sifatli xom-ashyo va materiallarning savdosi bilan shug’ullanadi.

Bizning kompaniya turli va katta hajmdagi mahsulotlar xususan, sog’lik uchun foydali bo’lgan oziq-ovqat turlari, kosmetik mahsulotlar, turli yo’nalishlarda faoliyat yuritayotgan biznes egalari uchun ishlab chiqarish, qadoqlash, qayta ishlash va turli xil mahuslotlar va zamonaviy texnika va texnologiyalarni taklif etadi. Bundan tashqari tadbirkorlar xalqaro ko’rgazmalarda va o’z yo’nalishlari bo’yicha o’tkaziladigan biznes forum va seminarlarda  o’z bilim  va ko’nikmalarini oshirishda ham kompaniya o’z ko’magini beradi.

Kompaniyaning asosiy savdoga yo’naltirilgan xududi Markaziy Osiyo bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston, Turkmaniston, Qozog’iston, Rossiya va dunyoning barcha davlatlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Bizning kompaniya nafaqat O’zbekiston balki, butun dunyo tadbirkor va mijozlarning bizning mahsulotlarimizdan mamnun bo’lishlari  uchun harakat qilmoqda.

Natijada esa, biz uzluksiz ekport xududlarimizni kengaytirmoqdamiz va shu bilan bir qatorda Janubiy Koreyaga chet el mahsulotlarini import qilish vazifasini ham bajarmoqdamiz.

Bizning jamoamizning eng katta va asosiy maqsadi bu- hamkorlar va mijozlar o’rtasida mustahkam ishonch ustiga kuchli va uzoq yillik aloqalarni o’rnatishdir.

Biz barcha tadbirkor va biznes egalariga o’z bizneslarini yo’lga qo’yishda zarur bo’ladigan yordamchi texnika va maxsulotlarning eng sifatli va eng zamonaviylarini taklif etamiz. Biz Janubiy Koreyadagi o’z sohasining eng ilg’or va muvaffaqiyatga erishib kelayotgan ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda ishlaymiz.

Biz B2B va B2C xizmatlarini taklif etamiz va barcha tadbirkorlarni hamkorlikka chorlab qolamiz.